Qo‘qonda aeroport faoliyati tiklanmoqda
Farg‘ona viloyatida aeroportlar soni yana bittaga ko‘payadi. Ayni kunlarda Qo‘qon shahridagi aeroport tiklanayotgan bo‘lib, uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasini barpo etish ishlari boshlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘qon aeroporti (avval) O‘zbekiston bo‘yicha ichki reyslar uchun xizmat qiladi.

Birinchi bo‘lib Toshkent shahriga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Qo‘qon aeroportida kichik va o‘rta masofalarga mo‘ljallangan "Airbus" turidagi samolyotlarni qabul qilish imkoni yaratiladi. Bu haqida shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
M.Sulaymonov, O‘zA