Qo‘qon universitetidan fotoreportaj
Farg‘ona vodiysidagi Qo‘qon universiteti 6 ming 400 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda talabalarning sifatli ta’lim olib, yetuk kadr sifatida shakllanishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Universitet o‘quv binolari, 500 o‘rinli 2 ta talabalar turar joyi hamda axborot-kutubxona markazi yoshlar ixtiyorida.
[gallery-18238]
Shuningdek, hududda olti qavatli, 2 ming o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi, ikki qavatli “Yoshlar IT akademiyasi” barpo etilmoqda. Ushbu inshootlar yangi o‘quv yili boshida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Rustam NAZARMATOV(surat),O‘zA