Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari davom etmoqda
Qoraqalpog‘istonda Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan Sarez ko‘li to‘g‘onining o‘pirilishi oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatda mahalliy aholi va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari davom etmoqda.
O‘quv mashqlarining ikkinchi kuni Xo‘jayli tumani “Samanko‘l” ovul fuqarolar yig‘inida ko‘chiriladigan aholini yig‘ish, “Xo‘jayli” temiryo‘l bekatida aholini va moddiy boyliklarni temiryo‘l yordamida ko‘chirish, tumanning markaziy o‘yingohida ko‘chib kelgan aholini qabul qilish bo‘yicha o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, shu kuni Nukus shahridagi Ashshiko‘l hududida suv toshqini sababli yuzaga kelgan vayrona oqibatlari, sanitariya-epidemiologik holatlarni bartaraf etish, qutqaruv va tiklash ishlarini amalga oshirish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish singari maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
[gallery-2497]
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA