Qo‘mitada matbuot anjumani o‘tkazildi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5114-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida tashkilot faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida paralimpiyachilarning salomatligini mustahkamlash, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish maqsadida yaratilayotgan shart sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/14kVjYpNI3k" title="Qoʻmitada matbuot anjumani oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ma’lumot uchun 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida faoliyat yuritayotgan trenerlar soni 746 ta, shug‘ullanuvchilar 4837 nafarni tashkil etmoqda. Kasallik nuqsonlari bo‘yicha umumiy nogironlar soni 218 605 nafar bo‘lsa, ulardan sportga layoqatlilari 89 700 nafar hisoblanadi.
Ochiq savol-javoblar ostida o‘tgan matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar, shuningdek, paralimpiyachilarning ijtimoiy himoya masalalari xususida savollar berilib, qo‘mita mas’ullari tomonidan javoblar olindi.
M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA