Qodir baxshi ijodiga bag‘ishlandi
Qarshi davlat universitetida iqtidorli baxshi Qodir Rahimovning 85 yilligiga bag‘ishlangan "Janubiy O‘zbekiston folklori va shevashunosligi muammolari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda yurtimizning turli hududlaridagi oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, folklorshunos olimlar, shuningdek afg‘onistonlik tilshunoslik olimlar ishtirok etdi.

Mazkur konferensiyada yurtimizning Kenes Allambergenov, Umrzoq Jumanazarov, Uzoq Jo‘raqulov, Gulbahor Fozilova singari olim va mutaxassislari bilan birga Afg‘oniston Respublikasidan Azizulloh Orol va boshqalar marosim folklorining lokal va poetik xususiyatlari, xalq og‘zaki ijodida ta’lim-tarbiya, urf-odat va an’analar, afsonaviy baxshi Qodir Rahimovning baxshichilik va ustoz-shogirdlik an’anasi tahlil qilindi.

Konferensiya materiallari to‘plam shaklda chop etildi.
Nazokat Usmonova,
O‘zA muxbiri