Qiziltepada yangi zavod ish boshladi
Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida “Zarafshon bo‘rdoqichilik” MCHJ tomonidan chorva mollari uchun kuchli ozuqaga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida “Eco feed” donador omixta yem ishlab chiqarish zavodi faoliyat boshladi.
Zavodning ochilishida Respublika yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi raisi Erkin Hayitov, tuman hokimi Ulug‘bek Fayziyev, viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akmaljon Mahmudaliyev, soha mutaxassislari, OAV vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Marosim avvalida ushbu zavodning qishloq xo‘jaligidagi o‘rni, baliqchilik, parrandachilik, chorvachilikda omixta yemga bo‘lgan talabning qondirilishida asosiy maskan bo‘lishi ta’kidlandi.
Turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilgan loyiha qiymati 20,2 milliard so‘mga teng bo‘lib, ishlab chiqarish quvvati yiliga 72 ming tonnani tashkil etadi.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA