Qizil kartochkalarga boy o‘tgan ochilish o‘yinida Meksika JARni mag‘lub etdi
Uchrashuvning 9-daqiqasida Xulian Kinones gol urib hisobni ochdi.
Jahon chempionati bahslariga start berildi.
Turnirning ochilish o‘yinida mezbon Meksika terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Xulian Kinones gol urib hisobni ochdi. Bahsning 49-daqiqasiga kelib, JAR futbolchisi Sphehelo Sithol qizil kartochka olib maydonni tark etdi. 67-daqiqaga kelib, Raul Ximenes boshi bilan afrikaliklar darvozasini ishg‘ol qildi va oradagi farqni ikkitaga yetkazdi. 84-daqiqada JARning yana bir futbolchisi qizil kartochka oldi. Bu galgi qurbon Zemba Zvane bo‘ldi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 2-daqiqada esa Meksika terma jamoasi himoyachisi Sezar Montes ham maydondan chetlatildi. Shu tariqa 3ta qizil kartochka ko‘rsatilgan bellashuvda Meksika 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.