Qisqa xabarlar (+video)
Respublikamizda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi turmush darajasini yuksaltirish borasidagi islohotlar jadal davom etmoqda. Bugun yurtimiz hayotiga oid kunning eng muhim va dolzarb yangiliklari "Qisqa xabarlar" dasturida
- Prezidentimiz raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
- O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2026-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
- Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
- Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2026-yilning o‘tgan olti oyi davomida raqobat muhitini ta’minlash, davlat xaridlari shaffofligini oshirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida qator ishlar amalga oshirildi.
Bu va boshqa voqealar tafsilotlari bilan batafsil video davomida tanishing.
<iframe width="650" height="420"
src="https://www.youtube.com/embed/L3nWRS2fl7Q"
title="YouTube video player"
frameborder="0"
allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share"
referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin"
allowfullscreen>
</iframe>Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqub Meliboyev, O‘zA