Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar (+video)
10 noyabr - “Butunjahon ilm-fan kuni” munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida “Agrar ilm-fani taraqqiyot va barqarorlik uchun” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Tadbir oldidan olimlarimiz tomonidan keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida yaratilgan ilmiy ishlanmalar namoyish etildi.
- Urug‘chilik sohasini rivojlantirishda nav tozaligiga e’tibor qaratish, yangi usullardan, biotexnologik usullardan, xususan, markerlarga asoslangan uslublar judayam rivojlanmoqda, - deydi Toshkent davlat agrar universiteti ilmiy tadqiqotchisi Mehriniso Umedova. – Sanoatbop paxta navini yaratganmiz. Bu paxta tabiiyligi bilan ajralib turadi. Allergik reaksiyalarni qo‘zg‘atmaydi.
“Butunjahon ilm-fan kuni” g‘oyasi 2001 yilda YUNESKO tashkiloti tomonidan ma’qullanib, “ochiq ilm” tamoyilini ilgari suradi. Shu asosida ilmiy manbalar va ishlanmalar, intellektual mulk ob’ektlari, seleksiya yutuqlarining hisobot va xulosalari barcha uchun ochiq bo‘lishi, undan har kim erkin foydalana olishi uchun sa’y-harakatlar birlashtiriladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/I_mdSWw9HoE" title="Qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>- Biz, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutimizda tarkibida oqsil moddasi yuqori bo‘lgan yangi o‘simlik yaratdik, - deydi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotchisi Dildora Allayeva. Bu sho‘rga va suvsizlikka chidamli o‘simlik. Bu aslida Rossiyada yaratilgan, bizni olimlarimiz ushbu o‘simlikni mahalliy sharoitlarga moslashtirishdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbar-xodimlari, soha olimlari, fermer va klaster vakillari ishtirok etgan anjumanda agrar tarmoqning ilm-fan sohasidagi muammolari va ularning ilmiy yechimlari hususida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, sohaga yoshlarni keng jalb qilish, olimalarimizning ilmiy ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bildirilgan takliflar ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi.
Xulosa o‘rnida aytish kerakki bugungi davrda har bir sohaning taraqqiyoti faqatgina ilm-fan bilan uyg‘unlikda ta’minlanadi. Ana shunday anjumanlar esa nazariyaning amaliyotga keng joriy qilinishiga, qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarning tadbiq qilinishiga zamin yaratadi.
Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov O‘zA