Qimorboz yigit o‘g‘rilikka qo‘l urdi
Samarqand viloyati Urgut tumani Qoratepa mahallasida yashovchi 18 yoshli yigit internet o‘yinlari tufayli o‘g‘rilik jinoyatiga qo‘l urdi.
Aniqlanishicha, u Samarqand shahrida kechasi qarovsiz qoldirilgan “Damas” avtomashinasidan 1700 AQSH dollarini o‘g‘irlagan. Keyingi safar boshqa bir avtomashinadan 2,5 million so‘mni o‘margan.
O‘g‘irlagan qariyb 20 million so‘m pulni tavakkalchilikka asoslangan internet o‘yiniga tikib, yutqazib qo‘ygan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
O‘zA