Qilichbozlar yana bahsga kirishdi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Paxtakor” qilichbozlik majmuida 17 yoshlilar o‘rtasida mamlakat chempionati bahslari boshlandi. O‘smirlar 6 kun davomida qilichbozlikning sablya, shpaga va rapira yo‘nalishlari bo‘yicha yakkalik hamda jamoa bahslarida o‘z mahoratini namoyon etadi.
Bugun qilichbozlikning sablya yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan yakkalik bahslarida 70 nafardan oshiq sportchi g‘oliblik uchun ishtirok etdi.
[gallery-15776]
O‘smirlar o‘rtasidagi kurashda qoraqalpog‘istonlik Alpamis Urakbayev 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Azizbek Karimboyev (Toshkent sh.)ga nasib etdi. 3-o‘rinni esa Aziz Shokirov (Toshkent sh.) va Behzod Tojiddinov (Namangan)lar egalladi.
Qizlar bahsida poytaxtlik Malika Hojibekova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Kumush medalga Sevara G‘aniyeva (Jizzax) ega chiqdi. Bronza medali esa poytaxtlik Oygul Shomurodova va Karina Qurbonovaga nasib etdi.
Chempionat bahslari 8 fevralga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA