Qilichbozlar mamlakat kubogida bahslashdi
Poytaxtimizda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston ochiq kubogida 300 ga yaqin sportchi o‘zaro kuch sinashdi.
Poytaxtimizda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston ochiq kubogida 300 ga yaqin sportchi o‘zaro kuch sinashdi.O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada yurtdoshlarimiz bilan birga Qirg‘izistondan kelgan qilichbozlar ham qatnashdi.
Musobaqaning shamshir yo‘nalishi yakkalik bahslarida qoraqalpog‘istonlik Sherzod Mamutov va Zaynab Daybekova birinchi o‘rinni egalladi.
Guruh bahslarida Yevgeniy Konovalov, Samandar Alimov, Temur Sattorov va Bobur Shagayevdan iborat Toshkent shahri jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida qoraqalpog‘istonlik sportchilar shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Toshkentlik Qurbon Qanoatov va samarqandlik Umida Ilyosova rapira yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, guruh bahslarida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Toshkent shahri jamoalari oltin medal bilan taqdirlandi.
Qilichbozlikning shpaga bellashuvlari qiziqarli bahslarga boy o‘tdi. Unda namanganlik Roman Aleksandrov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida toshkentlik Veronika Rojkovaning qo‘li baland keldi.
Shpaganing guruh bahslarida o‘g‘il bolalar o‘rtasida Andijon viloyati jamoasi, qizlar o‘rtasida esa Toshkent shahri vakillari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.