Qidiruvda boʻlgan otalardan aliment pullari undirildi
Qidiruv ishlari jarayonida S.Sirojov topilgach, ijro harakatlariga kirishilib, bir necha yildan buyon toʻlanmagan 6 million 458 ming soʻm aliment puli toʻliq undirildi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati Termiz tumanlararo sudining 2015-yil 10-avgustdagi qaroriga asosan Sherobod tumanida yashovchi S.Sirojov (ism-sharif oʻzgartirildi)dan bir farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.
Mazkur hujjat Majburiy ijro byurosi Sherobod tumani boʻlimi ish yurituviga kelib tushgach, alimentchi ota farzandining moddiy taʼminotini toʻlashdan boʻyin tovlab, qochib ketgan. Amaldagi qonunlarga muvofiq joriy yilning 16-mart kuni unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.
Qidiruv ishlari jarayonida S.Sirojov topilgach, ijro harakatlariga kirishilib, bir necha yildan buyon toʻlanmagan 6 million 458 ming soʻm aliment puli toʻliq undirildi.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Boysun tuman sudi 2016-yil 14-oktyabrda Sh.Olimovdan voyaga yetmagan bir farzandining moddiy taʼminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining birdan toʻrt qismi miqdorida aliment undirish toʻgʻrisida qaror chiqargan. Afsuski, bu ota ham davlat ijrochilari koʻzidan yashirinib yurgan ekan.
Majburiy ijro byurosi Sherobod tumani boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingach, u Jarqoʻrgʻon tumanida qoʻlga tushdi. Qochoq otaga voyaga yetmagan farzandi uchun aliment toʻlash shartligi tushuntirilgach, 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilishidan choʻchib, oylar davomida yigʻilib qolgan 5 million soʻm aliment qarzdorligini toʻlab berdi.
Farzandi uchun aliment toʻlashni paysalga solib kelgan alimentchi otalarga nisbatan amaldagi qidiruv qarorlari bekor qilinib, sud qarori bilan belgilangan mablagʻni oʻz vaqtida toʻlab borish lozimligi tushuntirildi.
Mamlakatimizda joriy etilgan karantin sababli uyda qolayotgan onalar esa farzandiga zarur boʻlgan moddiy taʼminot undirib berilgani uchun davlat ijrochilariga minnatdorlik bildirdi.