Qatarda xorijiy OAV faoliyati kengayadi
Qatar hukumati mamlakatda xorijiy OAV faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida chet el ommaviy axborot vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun moʻljallangan erkin tarmoq joriy etish haqidagi qarorini maʼqulladi.

Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qarorda OAVlarni roʻyxatdan oʻtkazish tarmogʻi mamlakatga xalqaro axborot vositalarini, raqamli media tadqiqot kompaniyalari, oʻquv kurslarini jalb qilish, shuningdek, mediatarmoq, kino va televideniye sohalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgani qayd etilgan.
“Media shaharcha tashkil etish haqidagi hukumat qarori qabul qilinishi mamlakatda yetuk kadrlar, yuqori texnologiyalar bilan taʼminlangan mahalliy va xalqaro OAVni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega”, – degan aloqa boshqarmasi boshligʻi Sayf bin Ahmad Al Tani.
Eslatib oʻtamiz, Qatarda arab mamlakatlarining yetakchi telekanali “Al-Jazira” faoliyat olib boradi. Telekanal oʻz faoliyati bilan yillar davomida boshqa arab ommaviy axborot vositalariga oʻrnak boʻlib kelgan.