Qatarda isrofga qarşi ekologik taşabbuslar ilgari surilmoqda
Qatarda ötkazilgan Barqaror rivojlaniş haftaligida oziq-ovqat isrofini kamaytiriş, çiqindini qayta işlaş va uglerod çiqindisini hisoblaş masalalariga eʼtibor qaratildi. Tadbirlarda maktab, kompaniya va jamoatçilik vakillari kundalik odatning atrof-muhitga salbiy taʼsirini muhokama qilgan.
Xaridorlarga qayta işlatiladigan xaltaçalardan foydalaniş, böş idiş va eski elektron qurilmani qayta işlaşga topşiriş tavsiya etildi. Qatar jamğarmasi “Yaşil orol” loyihasida esa oziq-ovqat qoldiğidan qayta foydalaniş usullari namoyiş qilindi. Mahalliy universitet tadqiqotçilari raqamli vositalar orqali taşkilotlarning uglerod çiqindisini hisoblaş imkoniyatini taqdim этди.
Yoşlar festivalida ekologik taşabbuslar jismoniy va ruhiy salomatlikni qöllab-quvvatlaş dasturlari bilan uyğunlaştirildi.
Musulmon Ziyo, ÖzA