Qatar vaziri elchimiz bilan uchrashdi
Qatar axborot agentligi “QNA” Xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat vaziri Maryam bint Ali bin Nosir Al-Misnad O‘zbekiston Respublikasining ushbu mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ashraf Xo‘jayev bilan uchrashganini yoritdi.
Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, yangi hamkorlik yo‘nalishlari hamda umumiy manfaatdorlik bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilingan.
O‘zbekiston – Qatar strategik sherikligi doirasidagi loyiha va tashabbuslarni jadallashtirish, ayniqsa global va umumiy ustuvorlik kasb etadigan jihatlarga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlangan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA