Qatag‘on qurbonlarini yod etamiz
"Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish" haftaligi doirasida Sardoba tumani Madaniyat markazida "Qatag‘on qurbonlari xotirasi qalbimizda abadiy yashaydi!" mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ziyolilar, mehnat faxriylari, keksa nuroniylar, faol yoshlar, ma’rifat targ‘ibotchilari ishtirok etgan tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sardoba tuman bo‘linmasi rahbari Akmal Jo‘martov mazkur haftalikning ahamiyati haqida gapirdi. Tuman “Sharafli yo‘l” gazetasi bosh muharriri Suyun Namozov “Jadidchilik harakati jabrdiydalari” mavzusida ma’ruza qildi.




Tadbir so‘nggida jadidchilarning achchiq qismati, ayni paytda ularning harakatlari davomli ekanligi to‘g‘risida hujjatli film namoyish etildi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri