Qashqadaryolik o‘quvchi xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘ldi
Joriy yilning 13-17 yanvar kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Unda o‘zbek yoshlari 2 ta oltin, 5 ta kumush, 12 ta bronza – jami 19 medalni qo‘lga kiritdi.
Ular orasida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani 21-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Behruzbek Elmurodov ham bor.
Behruzbek Elmurodov olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritdi.



U bunga qadar, 2024 yilda Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan kelgan yoshlar orasida matematika fanidan faxrli 3-o‘rin va Jahon banki, “YUNISEF”, “Nordik” xalqaro universiteti hamda boshqa xalqaro tashkilotlar hamkorligida “TASIMO” Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri