Qarordan so‘ng pillachilik serdaromad sohaga aylanadimi? (+video)
Shu yilning 6-mart kuni “Ipakchilik sohasini yangi tizim asosida rivojlantirish hamda ozuqa bazasini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra 2029-yilgacha pillachilik klasterlarining bino va inshootlari mol-mulk hamda yer solig‘idan ozod qilinadi.
Har bir mavsumiy ishchi oylik ish haqining 50 foizi kompensatsiya qilib beriladi. Tutzorlarni tomchilatib sug‘organlar uchun 8 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi. Ushbu qarorda ko‘zda tutilgan imtiyozlar va imkoniyatlar, sohaning kelgusidagi rivojlantirish yo‘nalishlari xususida «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi boshqarma boshlig‘i Olimbek Sattorov bilan suhbatlashdik.
- Qaror asosida ipakchilik sohasi mehnatkashlariga qandayimkoniyatlar yaratib beriladi?
- Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan pilla yetishtiruvchilarga (ipak qurti boquvchi va kasanachilarga) «mahalla yettiligi»ning kollegial qarori asosida pillachilik klasteri haqiqatda pilla uchun to‘lab bergan mablag‘larning 35 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi (O‘rmon agentligi) balansidagi yer maydonlarida tashkil etiladigan tutzorlarda pilla kooperativi tuzish maqsadlari uchun ushbu kooperativ a’zosi hisoblanadigan kambag‘al oilalarga (1ta oilaning 1 nafar a’zosiga faqat1-marta) 4 mln so‘mdan subsidiya beriladi. Ipak qurtini parvarishlashda zarur bo‘ladigan asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish uchun kasanachilarga 3 yil muddatga BHMning 50 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi. Maydoni 2 va undan ziyod gektardagi tutzorlarga vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash va ishga tushirish, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasi va suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 100 foiziga, biroq 150 mln so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya taqdim etiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/qYpR4N7TGNY?si=SWuBVmrooF4auaKS" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Iskandar Ismatov (video), O‘zA