Qalbaki dollar savdosi fosh etildi
Qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritish orqali daromad topishga urinayotgan shaxslarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilmoqda.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritishga uringan shaxslar qo‘lga olindi.
Xususan, Toyloq tumanida yashovchi, 1996, 2002 va 2003-yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro 100 AQSH dollari nominalidagi qalbaki banknotlardan iborat jami 7400 AQSH dollarini shartli xaridorga 44 mln. so‘mga sotgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Aniqlanishicha, qonunbuzarlarning 2 nafari muqaddam sudlangan bo‘lib, qalbaki kupyurlar esa Turkiyadan olib kelingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, ushbu noqonuniy ishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.
Hamroz Bayonov,O‘zA