Qahramonmarashda yana zilzila ro‘y berdi
Turkiyaning janubi-sharqida Qahramonmarash viloyatida 3,5 magnitudali yer silkinishi qayd etildi, deb xabar tarqatdi mahalliy tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish boshqarmasi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Boshqarma tarqatgan xabarga ko‘ra, yerosti silkinishi Gyoksun tumanida mahalliy vaqt bilan soat 16:37 da ro‘y bergan.
Zilzila o‘chog‘i 11,46 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Qahramonmarashda shu yilning fevral oyida to‘qqiz soatlik oraliqda 7,7 va 7,6 magnitudali zilzila yuz bergan edi. Zilzila zarbasi mamlakatning 11 ta viloyatida aks-sado berdi va hatto Suriyada ham vayronagarchiliklar kuzatildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tabiiy ofat natijasida Turkiyada 55 ming kishi qurbon bo‘lgan.