Putin Tehronda Erdog‘an va Raisiy bilan uchrashadi
19 iyul kuni Rossiya rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashish uchun Tehronga boradi, deb xabar berdi “Kommersant” gazetasi.
Axborotda, jumladan, “Uch tomonlama uchrashuvdan tashqari, albatta, ikki tomonlama muzokaralar ham bo‘lib o‘tadi” deyilgan.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Vladimir Putin Eronga tashrif bilan borishini tasdiqladi.
Rossiya va Ukraina nizosi boshlangandan beri Putin xorijga bor-yo‘g‘i ikki marta – Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyurdi.