Putin Kremlda BMT Bosh kotibi bilan uchrashadi
Bugun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilish uchun Moskvaga uchayotgan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishni Kremlda qabul qiladi, – deb yozadi “Armenpress”.
Avvaliga Guterrish Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokara o‘tkazadi, endi esa Putin bilan uchrashmoqchi.
Bir haftadan ko‘proq vaqt oldin Guterrish RF va Ukraina prezidentlariga tinchlik o‘rnatishga qaratilgan shoshilinch qadamlarni muhokama qilish uchun uni Moskva va Kiyevda qabul qilish iltimosi bilan murojaat qilgan edi.
Ta’kidlash joiz, dushanba kuni BMT Bosh kotibi Anqarada Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashdi, payshanba kuni esa Kiyevda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi rejalashtirilgan.