PSJ Messi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Parijning PSJ futbol klubi argentinalik hujumchi Lionel Messiga yangi shartnoma taklif qildi, deya xabar tarqatdi “Le Parisien” gazetasi.
Xabarda aytilishicha, parijliklar Messi bilan shartnomani 2024 yilgacha uzaytirmoqchi. Ayni payt bitimning moliyaviy tomoni ustida ish olib borilyapti.
Ta’kidlanishicha, Messining o‘zi shartnomani uzaytirishga qarshi emas.
Aytish joiz, “Transfermarkt” portali futbolchining qiymatini 50 million yevroga baholagan. Messi PSJ tarkibida 2021 yildan beri harakatlanmoqda. Uning klub bilan hozirgi shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.
Ma’lumot o‘rnida: Fransiya chempionatida ushbu mavsum Messi 11 o‘yinda 6 golga mulliflik qilgan, 9 gol uzatmasida ishtirok etgan. Chempionlar ligasi guruh bosqichida esa uch o‘yinda ikki golni o‘z nomiga yozdirishga erishgan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA