PSJ Ferran Torres bilan kelishuvga erishganini «Barselona»ga ma’lum qildi
Klublar o‘rtasidagi muzokaralar yaqin kunlarda faollashishi kutilmoqda.
«Pari Sen-Jermen» hujumchi Ferran Torres bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishganini «Barselona»ga rasman ma’lum qildi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, PSJ Kataloniya klubini Ferran uchun yaqin vaqt ichida rasmiy taklif yuborishi haqida ham xabardor qilgan. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar yaqin kunlarda faollashishi kutilmoqda.
Avvalroq Parij klubi so‘nggi jahon chempionati finalida g‘alaba golini urgan ispaniyalik hujumchini taxminan 50 million yevro evaziga sotib olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbolchining o‘zi bilan esa to‘rt yillik shartnoma shartlari kelishib olingan.
Ferran Torres 2022-yil yanvarida «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tgan. U Kataloniya klubi bilan Ispaniyada 7 ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Torresning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.