Prezident sovg‘alari Surxondaryoga yetib keldi
FOTOREPORTAJ
Joriy o‘quv yilida Surxondaryo viloyatidagi 978 ta umumta’lim maktabining 1-sinfiga 70 ming 335 nafar o‘quvchini qabul qilish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuborilgan 70 ming 335 dona «Prezident sovg‘asi» viloyatga yetkazib berildi.
1-sinf o‘quvchilariga taqdim etiladigan «Prezident sovg‘asi» tarkibidan o‘quvchi sumkasi, daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari va boshqa zarur o‘quv qurollaridan iborat 12 turdagi vosita o‘rin olgan.
[gallery-30912]
Ma’lumot o‘rnida, 2026/2027 o‘quv yili uchun 1-sinfga hujjat qabul qilish 20-iyundan boshlangan bo‘lib, ikki bosqichda amalga oshirilmoqda.
Birinchi bosqich 20-iyundan 31-iyulga qadar mikrohududda yashovchi bolalar uchun o‘tkazildi. Ikkinchi bosqich esa 1-avgustdan 31-avgustga qadar mikrohududdan tashqaridagi bolalar uchun davom etmoqda.
Mikrohudud doirasidagi bolalarning ota-onalari my.maktab.uz elektron platformasi orqali farzandini ro‘yxatdan o‘tkazib, ariza topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA