Prezident: “Sizlar menga ko‘makchi, yelkadoshsizlar”
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Rishton xalqaro kulolchilik markazida O‘zA, O'zbekiston 24, Daryo.uz, uz24.uz, darakchi.uz, Sevimli TV, UzReport va boshqa OAV xodimlari bilan 15 daqiqa jonli muloqot qildi.
– Sizlar menga ko‘makchi hamda yelkadoshsiz. Men sizlarni yutug‘imizni ham, kamchiliklarimizni ham xalqimizga haqqoniy yetkazayotgan kuch deb bilaman. Sizlardan bir narsani iltimos qilmoqchimanki, izlanishdan erinmanglar. Adolatni xalqqa yetkazishdan to‘xtamanglar, qo‘rqmanglar.
Nimaga desangiz, ortingizda Prezident turibdi. U zamonlar o‘tib ketdi. Faqat adolat, adolat va haqiqat. Qancha ko‘p haqiqatni yetkaza olsak, shuncha ko‘p manfaat bo‘ladi. To‘g‘ri, kimdir sizni yomon ko‘radi. Lekin yozilgan, aytilgan kamchiliklarni baribir rahbar to‘g‘rilaydi. Baribir adolat qaror topadi. Bu degani hozirgi barcha islohotlarimiz, Murojaatnomadagi gaplar rost ekan-ku, qilsa bo‘lar ekan-ku, degan fikr paydo bo‘ladi. Tizimning ishlashiga olib keladi bu. Men sizlarga ishlaringizda omad tilayman, – dedi davlatimiz rahbari.
O‘zA