Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi
Kun tartibidagi asosiy masalalarga o‘tishdan avval davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni, butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lgan sana bilan samimiy tabrikladi.
Ona tilimiz – bizni asrlar davomida yagona xalq sifatida birlashtirib, tarixiy xotiramiz, milliy qadriyatlarimizni avloddan- avlodga bezavol yetkazib kelayotgan bebaho boyligimiz ekani ta’kidlandi.
–Bundan keyin ham ona tilimizni qadrlash, rivojlantirish borasidagi ishlarimizni qat’iy davom ettiramiz, – dedi Prezident.
Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ona tilimiz rivojiga alohida urg‘u berilayotgan bejizmasligi, ona tabiatimiz, hovlimiz, mahallamiz, shahar va qishloqlarimizdagi gullar, daraxtlar, yashil maysalar singari ona tilimiz ham har kuni, har daqiqada g‘amxo‘rlikni talab etishi ta’kidlandi.
O‘zA