Prezident qashqadaryoliklarga minnatdorchilik bildirdi
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlarning bir guruhiga minnatdorchilik bildirish to‘g‘risida”gi farmoyishi e’lon qilindi va unda boshqa viloyatlar qatorida Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan bir guruh tadbirkor va ishbilarmonlarga ham minnatdorchilik bildirdi.
Xususan, “LT textile international” MCHJ xorijiy korxonasi rahbari Cheng Zi, “Eng yaxshi eksportyor”. 2021 yil eksporti 29,4 million dollarlik mahsulot eksport qilgan. “Nasaf profi servis” MCHJ rahbari Jamol Yusupov “Eng yaxshi soliq to‘lovchi”, “Namuna qurilish montaj dezayn servis” MCHJ rahbari O‘ktam Geldiyev “Eng yaxshi soliq to‘lovchi”, “Uz Shoes” MCHJ qo‘shma korxonasi rahbari Dilshod Muftillayev “Eng ko‘p ish joylari yaratgan tadbirkor”. Ushbu qo‘shma korxona 350 ta ish o‘rni yaratgan.

Minnatdorchilik xatlarini viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tantanali ravishda egalariga topshirdi.
Shundan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda qashqadaryolik tadbirkorlar ham katta ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etdi.

- Mana bugun hurmatli Prezidentimiz rahbarligida ilk bor tarixda birinchi marta tadbirkorlar bilan ekskluziv ochiq muloqot bo‘ldi. Bunaqasi hech qachon bo‘lmagan, - deydi Kitob tumanidagi “Sevaz andronks” MCHJ rahbari Alisher Boyqarayev. - Ma’ruzaning mazmun-mohiyatiga kelsak, biz hali ham o‘zimizga kela olganimiz yo‘q. Shunchalik ko‘p yo‘nalishlar, shunchalik ko‘p tadbirkorlarga imtiyoz, sharoitlar berilyapti Davlatimiz rahbari tomonidan biz hali hazm qila olganimiz yo‘q. Bu birinchi navbatda davlat rahbarini o‘zining xalqini haqiqatdan ham yaxshi ko‘rishini bildiradi. Shu bilan birgalikda xalq vakillari bo‘lmish, xalqning ichidan chiqqan, odamlarni ishli qiladigan, daromadini ko‘paytiradigan tadbirkorlarni ham o‘zining farzandlariday yaxshi ko‘rishini bildiradi. Biz judayam hayajondamiz. Shunaqa ko‘p yo‘nalishlar haqida gapirdilarki, men hozir hammasini aytib ham bera olmayman. Bir vaqtlar sutkada 24 soat vaqt bo‘lsa, 23 soatlab svet bo‘lmagan paytlar bo‘lgan. Svet o‘chgandan buyurtmalarni bajara olmay, ona sutimiz og‘zimizga kelgan. Juda qiynalganmiz. Mana svetni o‘chirmasa ham bo‘larkanku. Yig‘ilishda Davlatimiz rahbarining Qashqadaryo bo‘yicha aytgan alohida gaplari yuragimizga tegdi. Boisi ichimizdagi gaplarni aytdilar. Qashqadaryoda neft-gaz korxonalari u bo‘ldi, bu bo‘ldi deb ura-ura qilishgan, lekin tadbirkorlikka e’tibor umuman bo‘lmagan deb aytdilar. Bu ayni haqiqat edi. Takliflarni ayta olmadik hatto. Prezidentimizning o‘zi taklifliflarni yechib berdilar. Biz taklif aytamiz deb turgandik takliflar ham yechilib ketdi. Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘yicha aniq bir tizim yaratib berdilar. Ya’ni umuman boshqaruv yo‘nalishiga taklif olish tizimini tashkil qildilar. Har qanday odamda ham yaxshi fikrlar albatta bo‘ladi. Qaysidir yo‘nalishda bo‘lsa ham. Odamlar tortinmasdan davlat rahbariga erkin takliflarini, fikrlarini aytyaptilar. Mana shu takliflarni davlat rahbari erinmasdan eshitib, butun o‘zining qo‘l ostida bo‘lgan rahbarlarga o‘rnak bo‘lib ko‘rsatib beryaptilar. Ulug‘ bobokalonlarimizdan qolgan bir gap bor. Yurakdan chiqqan gap yurakka boradi. Shu ma’noda biz tadbirkorlar Prezidentimizni yuragimiz bilan yaxshi ko‘ramiz.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda viloyatda 67 ming 66 ta tadbirkorlik sub’ektlari (36 165 ta YATT) faoliyat yuritadi.
Pandemiya davrida viloyatdagi 51,5 mingta tadbirkorga 6,7 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar berildi, 5 ming 786 tasini 576 milliard so‘mlik kreditlarining to‘lov muddati uzaytirildi.
Mazkur uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida Respublika “CALL” markaziga viloyatning 1 ming 364 nafar tadbirkorlari tomonidan savol va muammolar o‘rtaga tashlandi.

Viloyat, tuman, shahar hokimliklari va mutasaddi tizim rahbarlari bilan hamkorlikda 24 iyuldan buyon 1 ming 315 ta tadbirkorning masalasi hal qilindi (96%), qolgan 49 ta murojaatlar muddat talab qilganligi sababli yaqin kunlarda yechimini topadi.
O‘lmas Barotov, O‘zA