«Prezident olimpiadasi»: og‘ir atletika bellashuvlaridan fotoreportaj
Poytaxtimizda davom etayotgan «Prezident olimpiadasi» musobaqalari qizg‘in pallaga kirdi.
Musobaqalar doirasidagi bellashuvlar «Olimpiya shaharchasi», O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining sport zallarida o‘tkazilmoqda.
Bugun Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida og‘ir atletika bo‘yicha navbatdagi bahslar tashkil etildi. Unda o‘g‘il-qizlar uchta vazn toifasida g‘oliblik va sovrinli o‘rinlar uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlar yakunida 57, 61 va 70 kilogramm vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, Shahzoda Abdumutalova, Ayan Qayirgaliyeva, Baxtiniso Erdonova, Munisa Boltayeva, Ra’noxon Ashirmatova, Malika Xo‘janazarova, Sherdor Eshpo‘latov, Behruzbek Odilbekov va Boburjon Ali-Oxunov g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.
[gallery-32288]
G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida Sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasining mas’ul vakillari ishtirok etdi.
«Prezident olimpiadasi» musobaqalari davom etmoqda.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA