Prezident: Kambag‘allik qisqarsa, vaziyat o‘zgaradi
Prezidentimizning Samarqand shahrida xalq deputatlari, aholi vakillari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yurtimiz iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, xalqimiz hayotini yaxshilash boʻyicha viloyatda qilinayotgan ishlar, istiqboldagi rejalar haqida taʼkidlab oʻtdi.
Ayni paytda uchrashuvda viloyatda kambagʻallikni qisqartirish masalasi haqida soʻz bormoqda.
Davlatimiz rahbari hududda ishsizlik bilan bogʻliq muammolarga alohida eʼtibor qaratdi.
– Viloyatda 174 ming aholi ishsiz, 220 ming aholi chet elga ishlash uchun ketgan, – dedi Prezidentimiz. – Aholini biz “mahallabay” tizimi asosida ishlab, tadbirkorlik, tomorqachilik, chorvachilikni rivojlantirish orqali bandligini taʼminlashimiz kerak. Bandlik taʼminlansa, daromad boʻladi, kambagʻallik qisqaradi. Kambagʻallik qisqarsa, vaziyat oʻzgaradi.
Uchrashuv davom etmoqda.
O‘zA