Prezident ijodkorlarni milliy birlik va hamjihatlikka chaqirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
— Bu yil ko‘p millatli xalqimiz bilan Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligini katta bayram qilamiz.
Ko‘rib turibsizlar, dunyoda qanday tahlikali holat, qarama-qarshilik va nizolar ro‘y beryapti. Bunday vaziyatda biz uchun milliy birlik va hamjihatlik har qachongidan ham muhim.
Ishonchim komil, bu borada sizlar eng oldingi safda turib, chinakam vatanparvarlik, millatga sadoqat va fidoyilik fazilatlaringiz bilan yoshlarimizga, butun xalqimizga namuna bo‘lasizlar.
Yaratganning o‘zi yurtimizni panohida asrasin, boshlagan ezgu ishlarimizda madadkor bo‘lsin! – dedi Prezidentimiz muloqot yakunida.
Uchrashuv davomida soha vakillarining fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
O‘zA