Prezident asarlari Harvard universiteti kutubxonasiga taqdim etildi
Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi, Barqaror rivojlaniş markazi, Toşkent şahar xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş markazi hamda xalqaro Business Diplomat missiyasi vakillaridan iborat delegatsiya AQŞga taşrifi doirasida Harvard universitetida böldi.
Taşrif davomida delegatsiya aʼzolari universitet faoliyati bilan tanişdi. Şuningdek, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning ingliz tilida naşr etilgan “Yangi Özbekistonning “yaşil” taraqqiyot yöli” kitobi, “Şavkat Mirziyoyev — jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi”, “Mustaqillik zafarnomasi” hamda “Yangi Özbekiston: tinçlik, insonparvarlik va bağrikenglik diyori” kitob-albomlari universitet kutubxonasiga taqdim etildi.
Mazkur naşrlarda Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, “yaşil” taraqqiyot va ekologik barqarorlik borasidagi taşabbuslar, mamlakatimizning taşqi siyosati, mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yöli hamda boy madaniy merosi haqida maʼlumotlar örin olgan.

Harvard universitetining noyob kitoblar va qölyozmalarga ixtisoslaşgan Xouton kutubxonasi (Houghton Library) vakili Kristina Jeykobson (Christine Jacobson) taqdim etilgan naşrlar Özbekiston haqidagi bilimlarni xalqaro akademik muhitda kengaytirişga xizmat qilişini taʼkidladi.
Uşbu taşabbus Özbekiston va xorijiy ilmiy-maʼrifiy muassasalar örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş, mamlakatimizda keçayotgan özgarişlar va milliy taraqqiyot tajribasini xalqaro jamoatçilikka kengroq taniştirişga qaratilgan.

ÖzA