Prezident asarlari bilimdonlari
Qashqadaryoda 14-30 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Prezident asarlarini o‘rganamiz” ko‘rik-tanlovida viloyatning tuman va shaharlaridan kelgan to‘qqiz jamoa ishtirok etdi.
Qashqadaryoda 14-30 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Prezident asarlarini o‘rganamiz” ko‘rik-tanlovida viloyatning tuman va shaharlaridan kelgan to‘qqiz jamoa ishtirok etdi.
Qarshi shahrida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarning zamonaviy va puxta bilim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb-hunar o‘rganishi, o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun keng sharoit va imkoniyatlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.
Ishtirokchilar to‘rt shart – tanishtiruv, Prezident asarlari asosida tuzilgan savollarga javob berish, davlatimiz rahbarining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarlari bo‘yicha maxsus taqdimot hamda “Yoshlar muammosi” mavzusida sahna ko‘rinishi tayyorlash bo‘yicha o‘z qobiliyati va bilimini namoyish etdi.
G‘uzor tumanining “Istiqlol” jamoasi tanlov g‘olibi bo‘ldi.