Poytaxtlik yoshlar stol tennisida kuch sinashmoqda
Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostida yoshlar oyligi o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu oylik doirasida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida yoshlarimizning eng sevimli sport turlarilaridan biri bo‘lgan stol tennisi bo‘yicha bahslarga start berildi.

Mazkur musobaqada 300 nafar yigit-qizlar yakkalik, juftlik va aralash juftlik bahslarida raqobatlashmoqda.

Musobaqa g‘oliblari 3 dekabr kuni e’lon qilinadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA