Poytaxtimizda nufuzli musobaqa
Toshkent shahrida qo‘l jangi bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir boshlandi.
Toshkent shahrida qo‘l jangi bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir boshlandi.“O‘zbekiston” sport majmuasida maxsus qismlarning xizmat burchini ado etish vaqtida vafot etgan xodimlari xotirasiga bag‘ishlab yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan an’anaviy turnirda uch yuzga yaqin professional va havaskor sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
Turnirning ochilish marosimida mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va ma’nan sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, Vatanimiz obro‘sini, xalqimiz g‘urur-iftixorini yanada yuksaltirishning muhim omili bo‘lgan sportni rivojlantirish mamlakatimizda umummilliy harakatga aylangani alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan o‘n beshinchi marotaba tashkil etilgan turnirda O‘zbekiston, Rossiya, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikistondan kelgan sportchilar ishtirok etmoqda.