Poytaxt ko‘chalari bo‘ylab velosayl o‘tkazildi
Bugun poytaxtimiz ko‘chalari bo‘ylab velosayl tashkil etildi.
Unda professional va para velosportchilar, havaskorlar, faxriylar, davlat va jamoat arboblari, ishtirok etdi.
200 nafardan oshiq insonni qamrab olgan velosaylda istalgan xohlovchi ishtirok etishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilganligi e’tiborli bo‘ldi.
Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov hamda Sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Abdulla Aslonov so‘zga chiqib, tadbirning ahamiyati, velosport bilan shug‘ullanishning inson salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Ishtirokchilar poytaxtimizdagi “International Tashkent Hotel” mehmonxonasi oldidan startga chiqdi va qariyb 20 kilometr masofani yuksak matonat bilan bosib o‘tishdi.
G‘oliblik emas, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash tamoyili asosida o‘tgan bahslar chinakam sport bayramiga aylanib ketdi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.
O‘zA