Poytaxt koʻchalarida yoʻl belgilari yangilanmoqda
Bunda Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi “Yoʻl harakatini tashkil etish markazi” davlat muassasasi va Toshkent shahar IIBB YHXB yaqin hamkorlik qilmoqda.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, Toshkent shahrining koʻcha va yoʻllarida yoʻl yotiq chiziqlarini chizish ishlari olib borilmoqda.
Bunda Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi “Yoʻl harakatini tashkil etish markazi” davlat muassasasi va Toshkent shahar IIBB YHXB yaqin hamkorlik qilmoqda.
Joriy yilning 1-yanvaridan martga qadar Toshkent shahrida 18935,7 kvadrat metr yoʻl yotiq chiziqlari chizildi va bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Shuningdek, yangi yoʻl belgilarini oʻrnatish ham eʼtiborda. Xususan uchta zamonaviy koʻrinishdagi svetafor qurilmasi poytaxtning markaziy koʻchalariga oʻrnatildi. 222 dona yorugʻlik qaytaruvchi yangi yoʻl belgilari ham yoʻlovchilarga qulaylik yaratmoqda.
110 dan ortiq eski turdagi yorugʻlik qaytaruvchi yoʻl belgilari yangilariga almashtirildi. 90 dan yaqin yaroqsiz yoʻl belgilari qayta tiklandi.