Postekoglu: “Ronaldu 1000 ta gol urishga yaqin”
Mutaxassisning ta’kidlashicha, buyuk futbolchilar bilan ishlash ko‘pchilik o‘ylaganidan osonroq.
“An-Nasr” bosh murabbiyi Angelos Postekoglu jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning yuqori motivatsiyasi haqida gapirdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, buyuk futbolchilar bilan ishlash ko‘pchilik o‘ylaganidan osonroq. Chunki ular doimo yuqori maqsadlarni ko‘zlaydi, mashg‘ulotlarda astoydil mehnat qiladi va o‘ziga nisbatan talabchan bo‘ladi.
Postekoglu Ronalduda ham aynan shu jihatlarni ko‘rayotganini ta’kidladi.
“Ronaldu hamon juda kuchli motivatsiyaga ega. Uning oldida aniq maqsadlar bor. U 1000 ta golga yaqinlashmoqda va bunga erishishi aql bovar qilmas voqea bo‘ladi”, — dedi “Al-Nasr” ustozi.
Avvalroq Ronaldu kelayotgan mavsum uning professional futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi mavsum bo‘lishi mumkinligini aytgandi.