Poraxo‘r rahbar qo‘lga tushdi
G‘ijduvon tumanida bog‘cha mudirasi tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati fosh etildi. Bu haqida Buxoro viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.
Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. G‘ijduvon tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining rahbari, Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro M.G o‘z xizmat mavqeidan foydalanganligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro S.A. ni o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga 3 million so‘m evaziga ishga qabul qilishini va’da qiladi. Ushbu MTT hamshirasi fuqaro E.M. orqali kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.G. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA