Pora taklif qilgan shaxs ushlandi
IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Mirzaobod tumani IIB JXX Probatsiya guruhi ma’muriy binosida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro I.V Mirzaobod tumani IIB JXX Probatsiya guruhi katta inspektoriga o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni sudga yubormaslik va qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga xodim tomonidan bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan katta leytenant B.Isanovning xizmat xonasida 100 dona 10.000 so‘mlik kupyuradagi jami 1.000.000 so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sh.SUYAROV, O‘zA