Poplik bolajonlarga bayram tuhfasi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Pop tumanida mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi oldidan qiymati 10 milliard 200 million so‘m bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Barcha joylarda bo‘lgani kabi Pop tumanining olis hududlarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, mahallalarda zamonaviy ijtimoiy soha ob’ektlarining foydalanishga topshirilayotgani hudud aholisining kayfiyatiga kayfiyat qo‘shmoqda.
[gallery-13287]
“Yangi O‘zbekiston” massivida qad rostlagan maktabgacha ta’lim tashkiloti 360 o‘ringa mo‘ljallangan. Maskan ishga tushishi natijasida hudud bolajonlarining bog‘chaga qamrov darajasi sezilarli darajada ortishi bilan birga, 60 nafar ishchi-xodim o‘rni yaratildi.
Kelajagimiz egalari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan zamonaviy tipdagi maktabgacha ta’lim maskani “Binokor Bunyod Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurib bitkazildi.
Yangi bog‘cha ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA