Popda aholi bandligi ta’minlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Pop tumanida 77 ta mahalla mavjud bo‘lib, 227 ming aholi istiqomat qiladi.
Hududda aholi bandligini ta’minlash, ularning daromadini ko‘paytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, shu orqali kambag‘allikni qisqartirish maqsadida hokim yordamchilari tomonidan barcha xonadon to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Aniqlangan 1979 muammoning 1183 taci hal etildi.
Birinchi chorak davomida 13,3 milliard so‘m mablag‘ aholiga kredit, subsidiya, va boshqa anjom jihoz ko‘rinishida yo‘naltirildi. Buning natijasida 5566 nafar aholining bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 239 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi. 3137 kishiga o‘zini-o‘zi band qilishda ko‘maklashildi.
[gallery-6823]
Tuman bo‘yicha 973 gektar yer maydoni auksionga qo‘yilib, uning 862 gektari 5392 nafar fuqaro tomonidan “E-AUKSION” orqali sotib olindi. Uning 295,8 gektariga qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilib, yerdan qo‘shimcha 960 tonna sabzavot, 1380 tonna poliz, 1660 tonna dukkakli, 760 tonna moyli ekin, 130 tonna makkajo‘xori doni hosilini olish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tuman bo‘yicha 183 ta xonadonga jami 10655 bosh parranda 23 tonna ozuqasi bilan yetkazib berildi. Bu bitta xonadonga o‘rtacha 8 million so‘m kredit ajratish orqali amalga oshirilmoqda.
Echkichilikni rivojlantirish maqsadida esa tumandagi “Madaniyat” mahallasi ixtisoslashuvi bo‘yicha 100 xonadonga 1000 bosh echki tarqatildi.
Mazkur mahalla talabidan kelib chiqib, kelgusida echkichilik yo‘nalishida qiymati 28 milliard so‘mlik yana 5 ta loyiha amalga oshiriladi.
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA