Polymarket Yevropa Chempionlar ligasi favoritlarini ma’lum qildi
Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi — PSJ jamoasi hisoblanadi.
Polymarket platformasi 2026/27-yilgi UEFA Chempionlar ligasida ayrim jamoalarning chempion bo‘lish imkoniyatlarini foizlarda baholadi.
Platforma bahosiga ko‘ra, musobaqa oldidan favoritlar orasidagi farq juda kichik. PSJ, Madridning «Real» klubi va «Bavariya»ning Chempionlar ligasini yutish imkoniyati 14 foiz atrofida baholangan.
Ulardan keyingi o‘rinda «Manchester Siti» joylashgan — Angliya klubining chempionlik imkoniyati 13 foiz deb ko‘rsatilgan.
Qayd etish kerak, Polymarketdagi ko‘rsatkichlar foydalanuvchilarning savdolari asosida shakllanadigan bozor ehtimollari bo‘lib, vaqt davomida o‘zgarib turadi.
Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi — PSJ jamoasi hisoblanadi.
2026/27-yilgi Chempionlar ligasi finali 2027-yil 5-iyun kuni Madridda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.