Polvonlarimiz Rossiyada sovrindor bo‘ldi
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida erkin va ayollar kurashi bo‘yicha xalqaro “Ivan Yarigin kubogi” o‘tkazildi. Unda sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirok etdi.
Musobaqaning erkin kurash bahslarida vazni -74 kg bo‘lgan polvonlar orasida hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov, -57 vazn toifasida G‘ulomjon Abdullayev va -61 kg vaznda Sardor Ro‘zimov bronza medalini qo‘lga kiritdi.


Xalqaro turnirda dunyoning 24 mamlakatidan kelgan polvonlar o‘zaro raqobatlashdi. Ushbu musobaqa polvonlarimiz uchun “Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion musobaqalarga muhim tayyorgarlik bosqichini o‘tab beradi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA