Polvonlar "bosh prokuror kubogi uchun" bellashmoqda
Poytaxtimizdagi “Universal sport saroyida” kurash bo‘yicha "Bosh prokuror kubogi uchun” musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar terma jamoa a’zolaridan 100 nafarga yaqin sportchi bosh sovrin uchun o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazyapti. Ayollar 57 kg., 70 kg., erkaklar esa 66 kg., 73 kg., 81 kg., 90 kg., + 90 kg. vazn toifalarida o‘zaro bellashmoqda.
Musobaqaning mutlaq g‘olib jamoasiga “Bosh prokuror kubogi” bilan birga qimmatbaho sovg‘alar hamda diplom topshiriladi.
[gallery-824]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA