Polshada minglab fuqarolar qonunchilikdagi cheklovlarga qarshi ko‘chaga chiqdi
Polshada tibbiy abortga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatish talabi bilan minglab kishilar Varshava va yana 20 dan ortiq shaharda ko‘chaga chiqdi.
Turli shiorlar bilan yangragan chiqishlar parlament ikki kun oldin cheklovlarni yumshatishga qaratilgan ikkita qonun loyihasini ma’qullaganidan keyin bo‘lib o‘tdi. Biroq ular konservativ qarashlari bilan tanilgan prezident Karol Navrotskiy tomonidan rad etilishi mumkin. Bosh vazir Donald Tuskning liberal hukumati esa saylovoldi va’dalarini bajarmayotganlikda tanqid qilinmoqda.
Parlament ma’qullagan loyihalardan biri abortga ko‘maklashganlik uchun jinoiy jazoni qisman bekor qilishni, ikkinchisi esa homilada og‘ir nuqsonlar aniqlangan holatlarda abortni taqiqlagan 2020-yilgi sud qarorining oqibatlarini bartaraf etishni nazarda tutadi.
Namoyishchilar o‘lkadagi 26 shahar va Londonda o‘tkazilgan aksiyalardan keyin yakshanba kuni yana miting bo‘lishini e’lon qildi.
Musulmon Ziyo, O‘zA