Polshada mahbuslar tibbiy niqob tikmoqda
Vuychikning bergan maʼlumotiga koʻra, mahbuslar har oyda taxminan 800 mingta niqob tikishi mumkin.
Polshalik mahbuslar niqob tikishni va dezinfeksiyalovchi suyuqlik ishlab chiqarishni boshladi, deb maʼlum qildi mamlakat adliya vaziri oʻrinbosari Mixal Vuychik jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Vuychikning bergan maʼlumotiga koʻra, mahbuslar har oyda taxminan 800 mingta niqob tikishi mumkin.
Bundan tashqari, penitensiar tizimiga qarashli korxonalarning birida maxsus kombinezonlar tayyorlanmoqda, ular gospitallarga joʻnatiladi, deya aniqlik kiritdi u.
“Yana qoʻshimcha ravishda, yaqin orada qamoqxonalarning birida dezinfeksiyalovchi suyuqlik ishlab chiqaradigan maxsus liniyani ishga tushiramiz. Unda oyiga 80 ming litr suyuqlik tayyorlanadi “, — dedi vazir oʻrinbosari.