Polina va Mariya "Guangzhou Open" juftlik yarim finalida
Xitoyning Guanchjou shahrida tennis bo‘yicha davom etayotgan WTA 250 turkumiga kiruvchi "Guangzhou Open" turnirida Mariya Timofeyeva hamda Polina Kudermetova mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.
Ushbu tandem «Guangzhou Open» turnirining juftlik bahslari chorak finalida yaponiyalik Eri Xozumi va sloveniyalik Andreya Klepach duetini 7:6, 6:1 hisobida taslim etdi. Shu tariqa, Polina va Mariya musobaqaning yarim finalida ameriklik Venus Uilyams va indoneziyalik Janis Ten juftligiga qarshi kortga chiqadi.
Ma’lmuot uchun, musobaqaning yakkalik bahslarida Mariya Timofeyeva ikkinchi davrada Sun Sinjan (Xitoy) bilan kuch sinashdi va kutilmaganda 3:6, 6:4, 7:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA