Pokistondagi hujumda 4 nafar askar halok bo‘ldi
Pokistonning Shimoliy Vaziriston tumanida sodir etilgan teraktda to‘rt nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” ma’lum qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Mir Ali hududida harbiy mashinalar karvoni yo‘nalishida xudkush-terrorchi portlovchi qurilmani ishga tushirgan.
Mazkur voqeani Pokiston bosh vaziri Shahboz Sherif keskin qoraladi va mamlakatdagi terrorizm tahdidini yo‘q qilishga qat’iy qaror qildi.
Pokiston armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, xuruj Afg‘onistonda “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” terror tashkiloti yetakchilaridan biri Abdul Vali Mohmand laqabli Umar Xolid Xurosoniyning o‘ldirilishi ortidan uyushtirilgan.
“Geo News” xabariga ko‘ra, Xurosoniyning mashinasi Afg‘onistonning Paktika viloyatiga safari chog‘ida portlatilgan. Hujum natijasida Xurosoniydan tashqari yana ikki TTP rahbari va bir haydovchi halok bo‘lgan.